Uchinchi bosqich. Kichik yoshdagilar uchun muljallangan (6-11 yosh)
o’quv muassasalarida shaxslarning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini
ta’minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o’z hatti
- harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo’sh vaqtini tug’ri tashkil qilishni
o’rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lib, do’stlik, baynalmilallik,
vatanparvarlik hislatlarini shakllantirish.
To’rtinchi bosqich. O’smirlarning (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga
chanqoqlik va aql zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish,
jismonan baquvvat bo’lishini ta’minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli
kasblarga yo’naltirish, o’smirlar guruhlari va jamoatchilik orasida o’z o’rnini topa
olishiga ko’maklashish, o’z hatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari
oldida javobgarlik tuyg’usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil
duneqarashini yuzaga keltirish.
Dostları ilə paylaş: |