2.Dars jarayonida treninglarni tashkil qilish va uning tarkibiy qismlari.
Treninglarni o’tkazishda guruhlar bilan ishlash va ularga rahbarlik
qilish.Bugungi kunda pedagogikada talabalarning ta’lim jarayonidagi faollligini
oshirishga qaratilgan bir nechta o’qitish uslublari ishlab chiqilgan: muammoli
o’qitish, ish faoliyatini ifodalovchi turli rolli o’yinlar, treninglar, bahs
munozaralarni tashkil qilish va hokazolardir. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish
jarayonida ayniqsa treninglarning o’rni beqiyosdir. Sababi trening o’tkazish
jarayonida talabaning nutqi o’sadi, tafakkuri rivojlanadi, muloqatga tez kirisha
oladigan bo’ladi. Shu sababli trening verbal va noverbal ko’rinishda tashkil etish
mumkin.
Treningni noverbal (so’zsiz, mimika, pantomimika, qarash va hakozolar)
ko’rinishda tashkil qilgan tarbiyachi gapirayotganida har bir qatnashuvchini ko’z
ostida tutishi, hammaga bir xil e’tibor berishi va guruhdagi ba’zi odamlarga
xayrixoh bo’lib qolmasligi lozim. Xonada guruhning diqqatini buzmasdan
harakat qilishi (tez-tez va maqsadsiz yurishlardan qochishi, shuningdek, guruhga
o’zi ko’rinmaydigan joydan turib gapirishi) kerak bo’ladi. Қatnashuvchilarning
bosh qimirlatishi, tabassumi va xatti-harakatlari nimanidir aytmoqchi ekanligiga,
xohishi borligiga e’tibor berishi kerak bo’ladi.
Treningni verbal ko’rinishda tashkil etilsa, pedagog savollarni shunday
tuzishi kerakki, asosan qatnashuvchilar gapirsin. Bunda tarbiyachiga ochiq savollar
yordam beradi: “Siz bu haqda nima deysiz? ”, “Nimaga?”, “Қanday...?”, “Agar…”
va hokazolar. Agar qatnashuvchi “Ha”, “Yo’q” deb javob bersa, “Nimaga shunday
gapiryapsiz?” deb so’rash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bundan tashqari boshqa
qatnashuvchilardan ham so’rash kerak tasdiqlangan fikrlarga qo’shiladimi?
Pedagog trening o’tkazish jarayonida o’z ovozining ohangiga e’tibor ham
e’tibor berishi, sekin va aniq gapirishi kerak bo’ladi. qatnashuvchilarni ko’proq
gapirishga undash kerak. Tarbiyachi o’zining va qatnashuvchilarning so’zga
chiqishi vaqtini hisoblashi lozim bo’ladi.Hamma savollarga faqat o’zi javob
bermasligi, qatnashuvchilar bir-birlarining savollariga javob berishi mumkinligini
unutmasligi lozim. Baxs natijalarini xulosa qilishda har bir mashg’ulot
qatnashchisining
muhokama
qilinayotgan
muammoni
mohiyatini to’g’ri
tushunayotganini aniqlab, keyin umumiy xulosa chiqarish kerak. Agar
tarbiyachining shaxsiy tajribasi mazkur baxsga mos kelsa, qatnashuvchilar
fikrlarini mustahkamla “Bu menga o’tgan yilgi voqeani eslatadi” – deyishi
mumkin.
Yaxshi trening o’tkazishning bir nechta tarkibiy qismlari mavjud.
Izyumenka. ( Bolalar bilan ishlashning o’ziga xos ajoyib tomo-ni.)
Қatnashuvchilarning treninga qiziqishini uyg’otish uchun qisqa baxs boshlang,
savollar bering, provokatsion ta’kidlashlarini ilgari suring yeki qandaydir faoliyat
turini faraz qiling. O’qish qatnashchilarining avvalgi bilimlari va ularning haetiy
tajribalarini bog’lashga harakat qiling. Trening nima uchun ahamiyatli ekanligi
sabablarini tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: |