dialogidan voz kechishni va “ta’lim beruvchi – guruh – ta’lim oluvchi”
guruhi, tarkibi bo’yicha harakatchan kichik guruhlarga bo’linadi va ularning har –
biri o’zicha o’quv materialini o’zlashtiradi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, shu tufayli
siz bilan ta’lim oluvchilar o’rtasida ancha mustahkam kontakt o’rnatiladi, shaxsiy
va bir vaqtning o’zida ta’lim jarayonida jamoaviy ruhiy holat kuchayadi.
Ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi harakti tashkillashadi, bu esa, o’quv –
bilish
jarayonini
faollashtirishga,
ularda
empatiyani,
kommunikativlikni
shakllantirishga ko’maklashadi:
- vazifani hamkorlikda o’rtoqlari tomonidan bildirilgan fikirlarni muhokama
qilishga motivatsiya paydo bo’ladi;
- ta’lim oluvchilar bir- biriga savollar beradilar, shuning uchun, ular
savollarni aniq shakllantirishni bilishlari zarur, javoblarni-argumentlashtirishni,
tushunishga erishish uchun esa, ular bir birlarini diqqat bilan eshitishlari kerak;
- guruhlarda ishlash paytida, zarurati bo’lganda, ta’lim oluvchilar yordam
berishlarini so’raydilar va boshqalarga yordam berishni o’rganadilar.
Xar bir ta’lim oluvchining potentsial imkoniyatlarini rivojlanishi va amalga
oshirilishi ta’minlaydi:
-qobiliyatli va iqtidorli bolalar, ularni «maqtanganlik» larida ayblashlaridan
cho’chimasdan o’z qobiliyatlarini ko’rsatishlari mumkin. Ular, guruhda nafaqat
ta’lim beruvchi rolida bo’lishlari, balki ta’lim oluvchirolida ham bo’lishlari
mumkin va ta’lim beruvchi rolidagi o’z o’rtoqlari tomonidan baholanishi, raqib
bo’lmasdan ulardan o’rganishi mumkin;
- o’rtacha qobiliyatga ega yoki xarakteri bo’yicha qo’rqoq bolalar o’z
bilimlari va mahoratlarini namoyon qilish imkoniyatini oladilar.
Kichik guruhlarda ishlash, ularni stress holatlardan xalos etadi, ya’ni
noto’g’ri javob berganda butun jamoa oldida izza bo’lishdan qo’rqishdan holi
bo’ladi. Guruh a’zolari, javobni do’stona baholab, ularda o’ziga ishonch tuyg’usini
uyg’otish imkonini beradilar. 4 -5 kishidan iborat guruhda, qo’rqoq kishi, 25
kishilik guruh oldida o’zini tutishga nisbatan, o’zini ancha erkin his etadi;
Ta’limning ushbu shakli, ta’lim oluvchilar bilimini o’zaro hamkorlikdagi
boyishini ta’minlaydi: faqatgina kooperatsiya va harakatlar (bilish) usullari bilan
o’zaro almashish umumiy mahsulot olish – muammoni yechish imkonini beradi.
Shuning uchun, guruhda ta’lim berishda, biz, jamoaviy muhokama qilishdan,
o’zaro konsulьtatsiyalar berishda maksimal foydalanamiz.
Guruhlarda ishlash, atrofdagilarga bo’lgan munosabatni o’zgartiradi, «men
va ular»dan «biz»ga o’tishni ta’minlaydi va o’zini guruhning bir bo’lagi sifatida
his qilish imkonini beradi.
4. Guruhlarni shakllantirish tamoyillari. Avvalombor, «tamoyil»
tushunchasi nimani anglatishini aniqlab olaylik.
Guruhlarni shakllantirish tamoyillari:
- bu, guruhlarni shakllantirish bo’yicha ishlarni tashkil qilishga bo’lgan
asosiy talablar ifoda qilingan, umumiy, birlamchi qoidalardir.
Shu bilan birga, guruhlarni shakllantirish tamoyillari:
- bu tayyor retsept va universal qoida emaski, unga rioya qilgan holda yuqori
natijalarga erishishga umid qilsak. Ularni amalda bajarish quyidagi xususiy omillar
bilan belgilanadi:
bizning va ta’lim oluvchilarning motivatsiyasi bilan: nafaqat bizning
o’zimiz, balki har bir ta’lim oluvchi ham, ushbu talim shaklini mohiyatini tushunib
yetishi juda muhimdir;
bilimlar va tajribalar bilan;
bizning pedagogik mahoratimiz bilan.
Shunday qilib, ta’lim oluvchilar guruhlarini shakllantirishda, qanday
tamoyillardan foydalanamiz?
1.
Ta’lim oluvchilarni guruhlarga ajratish paytida o’qitish maqsadlarini,
natijalarini va usullarini hisobga olish.
Ta’lim shaklini tanlashni belgilovchi asosiy omil, ta’lim maksadlari
hisoblanishini biz aniqlab bo’ldik.
Ushbu ta’riflanishdan ko’rinib turibdiki, ta’lim maqsadlari deganda, nafaqat
maqsadlarning o’zi, balki natijalar ham tushiniladi. Shuning uchun, biz, guruhli
bilish faoliyatini amalga oshirish uchun guruhlarni shakllantiramiz, ya’ni:
biz
qo’ygan
ta’lim
maqsadlaridan
(o’qituvchi,
tarbiyalovchi,
rivojlantiruvchi, motivatsion) kelib chiqqan holda (2 – jadvalga qarang);
ta’lim texnologiyalari loyihasiga kiritilgan ta’lim usulini e’tiborga olgan
holda (3 – jadvalga qarang);
Bunda, ta’lim oluvchilarni guruhlarga birlashtirishni, biz quydagi belgilarga
qarab amalga oshirdik:
*birinchidan, tasodifiy belgi bo’yicha:
- buning uchun, ta’lim oluvchilarga 1 dan 5 gacha ketma – ket sanashlarini
iltimos qilamiz, keyin esa, «birinchilarni»
«ikkinchilarni», «uchinchilarni», va h. k. kichik guruhlarga birlashtiramiz;
- yoki ta’lim oluvchilarni, auditoriyada joylashganliklariga
qarab, ixtiyoriy guruhlarga birlashtirishimiz mumkin.
ikkinchidan, ularni o’qishda erishgan yutuqlari darajasini belgilash
asosida:
- baravarlashtirish guruhi;
- qo’llab – quvatlash guruhi;
- rivojlantirish guruhi (Guzeev V. V,, 1996).
2.
Guruhning son tarkibini aniqlash paytida paytida vazifaning
xarakterini hisobga olish.
kichik vazifalarni bajarish uchun guruhning maqbo’l tarkibi
3-5 kishi (mashqlar, o’quv turniri, kitob bilan ishlash va boshqalar).
ko’p mehnat talab qiladigan (chet tillar bo’yicha mashg’ulotlarda)
murakkab vazifalar uchun ko’p sonli guruh tuzish zarur;
bir – birini tushunishni talab qiladigan (chet tillar bo’yicha
darslarda)mashqlar uchun juftliklarda ishlash yaxshi.
3.
Guruhlarni faoliyat ko’rsatishda vaqt omilini hisobga olish. Xar bir
guruh, unga yuklatilgan vazifani bajarish uchun ajratilgan vaqt qancha bo’lsa,
shuncha vaqt faoliyat ko’rsatadi. Albatta, bir nechta o’quv mashg’uloti paytida
ishlashni talab qiladigan muammoli tadqiqotni bajarish vazifasi qo’yilgan bo’lsa,
unda ushbu guruh bir nechta darsda faoliyat ko’rsatadi.
Vaqt tugashi bilan, guruh hisobat beradi va o’z faoliyatini tugalaydi.
Dostları ilə paylaş: