"Intellektual mulk" axborot tizimi: vazifalari va imkoniyatlari:
1. Patent fondining ma'lumotlar bazasini barcha uchun foydalanishi mumkin bo'lgan ko'rinishda shakllantirish:
- keng jamoatchilik vakillariga O'zbekiston Respublikasida ro'yxatdan o'tkazilgan IMOlari haqidagi ma'lumotlarni barcha kriteriyalar bo'yicha tez va oson qidirish, tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.
- talabnoma topshiruvchilarga talabnomani topshirishdan oldin, agentlikning ma'lumotlar bazasi orqali barcha intellektual mulk ob'ektlari bo'yicha oldindan qidiruv o'tkazish imkoniyati yaratiladi.
2. "Bir darcha" tamoyili asosida intellektual mulk sohasidagi davlat interaktiv xizmatlarini joriy etish orqali talabnoma topshiruvchilar Agentlikga bevosita kelmasdan, "Intellektual mulk" axborot tizimi orqali:
- barcha IMO uchun elektron kalkulyator xizmati orqali Davlat bojlari haqida ma'lumot olish;
- barcha IMO uchun talabnomalarni elektron topshirish;
- barcha IMO uchun talabnomani holati (qaysi bosqichdaligi) haqida onlayn to'liq ma'lumot olish.
Dostları ilə paylaş: |