Ўзбекистон Республикаси


O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi Strategiyasi



Yüklə 54 Kb.
səhifə4/5
tarix31.12.2021
ölçüsü54 Kb.
#50000
1   2   3   4   5
matbuot-anzhumani-uchun-maruza-2

O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi Strategiyasi
Intellektual mulk agentligi tomonidan intellektual mulk tizimini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi Strategiyasi ishlab chiqiladi.

Ushbu hujjat maqsadi intellektual mulk sohasini rivojlantirishning keyingi yo'nalishlarini va intellektual mulk tizimidagi manfaatdor davlat tashkilotlari, ularning vazifalari va vakolatlarini belgilash, shuningdek, alohida e'tiborga molik asosiy muammolarni ochib berishdan iboratdir.

Strategiya vazifalari quyidagilardan iborat:

intellektual mulk sohasini rivojlantirish masalasiga tizimli yodoshuvni va muammoli masalalarning bartaraf etilishini ta'minlash;

davlat idoralarining o'zaro hamkorligini kuchaytirish, jumladan, intellektual mulk borasidagi qonunchilikni bir xilda talqin etilishi borasida;

qatnashuvchi tomonlarning mas'uliyatini oshirish;

ilmiy-texnik ijodkorlik va innovasion fikrlash/tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoit yaratish;

qatnashuvchi barcha tomonlarda intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish.

Ushbu hujjatning ishlab chiqilishi quyidagi dolzarb muammolarning yechimini talab etadi:

- Intellektual mulk sohasida band bo'lgan barcha davlat tashkilotlarining uyushqoqlik bilan ishlashiga, intellektual mulkni himoyalash va uni kommersiyalashtirishga erishish.

- Tadbirkorlik va ilm-fan sub'ektlarining, xuddi shuningdek, davlat tashkilotlari xizmatchilari va boshqaruv tizimi xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish.

- Intellektual mulk tizimini va unga nisbatan hurmat hissini rivojlantirib borish iqtisodiyotni innovasion jihatdan rivojlantirish asoslari sifatida belgilanishi lozim.

- Umuman olganda, intellektual mulk davlat taraqqiyoti va xalqning moddiy farovonligini oshirishda muhimdir, degan nuqtai nazarni shakllantirish.

Strategiyani yaratishda Sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha Parij konvensiyasi , O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasiga doir qonunlari, 2017-2021 yillarda O'zbekiston

Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar Strategiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, shuningdek, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (bunday keyin - BIMT) milliy Strategiyani ishlab chiqish bo'yicha Uslubiy ko'rsatmalari huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi.


Yüklə 54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin