O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AHOLI TURMUSH DARAJASI
VA FARAVONLIGINING RIVOJLANISHI TAHLILI
I.
Aholi turmush darajasini o`rganishning uslubiy jihatlari
O`zbekiston Respublikasi aholisining turmush
darajasi va farovonligini
o`rganish maqsadida, davlat statistika organlari tomonidan har yili uy xo`jaliklarida
tanlama usulda kuzatuvlar o`tkaziladi.
O`z navbatida, uy xo`jaliklarida
kuzatuv
o`tkazish uslubiyoti Jahon Banki va Birlashgan
Millatlar
Tashkiloti
Yevropa
Iqtisodiy
Komissiyasining
tavsiyalariga
asoslangan
bo`lib, O`zbekiston Respublikasining barcha
hududlarida o`tkaziladi.
Bir yil davomida
respublika bo’yicha 10
000 dan ortiq uy
xo’jaliklarida, jumladan Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha 588 ta,
Andijon
780 ta, Buxoro - 648 ta, Jizzax - 492 ta, Qashqadaryo - 828 ta, Navoiy - 516 ta,
Namangan - 756 ta, Samarqand - 936 ta, Surxondaryo - 720 ta, Sirdaryo - 432 ta,
Toshkent -
840 ta, Farg’ona
- 936 ta, Xorazm - 624 ta va Toshkent shahrida 912 ta
uy xo’jaliklarida kuzatuv o’tkaziladi.
2017 yilda o`tkazilgan uy xo`jaliklari tanlama kuzatuvlarida 53 mingdan
ortiq aholi qamrab olingan bo`lib, o`rtacha bir uy xo`jaligiga 5,1 kishidan to`g`ri
kelganini ko`rsatdi.
Jami kuzatilgan aholidan 50,4 % ni erkaklar va 49,6 % ni ayollar tashkil etdi.
Erkaklar
Ayollar
Shuningdek, 16 yoshgacha bo`lgan bolalarning ulushi 29,9 % ni, 16 yosh va
undan kattalarning ulushi 70,1 %
ni tashkil etib, respublika bo`yicha mehnatga
layoqatli aholining ulushi jami aholiga nisbatan 59,7 % ni tashkil etdi.
49,6
50,4