Shaxsiy kompyuterlar
2017 y.
2010 y.
2005 y.
2000 y.
14
2017 yil kuzatuv ma'lumotlariga ko'ra respublikamiz aholisining 97,9%
shaxsiy hovli yoki kvartiraga ega. Bu ko'rsatkich qishloq joylarida istiqomat
qiluvchi aholi bo'yicha 99,3% ni tashkil etmoqda. Ushbu ko'rsatkichlar 2000 yilda
mos ravishda 93,7 va 95,4% ni tashkil etgan edi.
Undan tashqari, 2000 yilda bir oila a'zosiga 20 kv.m va undan ko'p turar-joy
maydoni to'g'ri keladigan uy xo'jaliklarining ulushi jami o'rganilgan uy
xo'jaliklariga nisbatan 17,1% ni tashkil etgan bo'lsa, 2017 yil yakunlari bo'yicha
ushbu ko'rsatkich 28,6% ni tashkil etdi.
Bu ko'rsatkichlarni aholini uy-joy
bilan ta'minlash, bevosita kam ta'minlangan
va yosh oilalarni qo'llab-quvvatlashga
qaratilgan
chora-tadbirlarning
samarali
natijasi sifatida ko'rishimiz mumkin.
So'nggi
yillarda
Hukumatimiz
tomonidan ijtimoiy himoyaga muxtoj, ko'p
bolali hamda yosh oilalarni qo'llab-
quvvatlash maqsadida ularni arzon uy-joy
bilan ta'minlash bo'yicha qator ishlar
amalga oshirilmoqda, shuningdek, birgina 2018 yilning o'zida bunday uylarni
qurish hajmi 1,5-2 barobarga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
O'zbekiston iqtisodiyotining bugungi rivojlanish bosqichida aholi turmush
darajasining muammolari va uning dinamikasini belgilovchi omillar juda muhim va
dolzarb bo'lib bormoqda. Mamlakatni yanada isloh qilish va oqibatda, jamiyatda
siyosiy, binobarin, iqtisodiy barqarorlik yo'nalishi va sur'ati asosan ularning hal
qilinishiga bog'liq.
Ushbu muammolarni hal etish davlat tomonidan
ishlab chiqilgan muayyan siyosatni talab qiladi, uning
asosiy markazida inson, uning farovonligi, jismoniy va
ijtimoiy salomatligi turadi. Aynan shuning uchun
hayot tarzining o'zgarishiga olib keladigan barcha
o'zgarishlar, aholining turli qatlamlari orasida katta
qiziqish uyg'otadi. Shu jumladan, uy xo'jaliklari
tanlama kuzatuvi ma’lumotlariga
ko'ra, O'zbekistonda 25 yosh va undan katta
aholining savodxonlik darajasi 2012 yildan buyon 100 foizga yetdi.
So’nggi
yillarda ta'lim darajasida o'zgarishlar kuzatildi. Jumladan, oliy
ma'lumotli aholining ulushi barqaror o'sib bormoqda, natijada ta'lim tizimining
faoliyati asta-sekin mehnat bozorining yangi talablariga muvofiq kelmoqda hamda
O'zbekiston oliy ma'lumotli malakali mutaxassislar bilan ta'minlanmoqda.
15
3-jadval
Dostları ilə paylaş: |