13
18
79
145
257
0
100
200
300
Мо
bil telefonlar
2017 y.
2010 y.
2005 y.
2000 y.
qilgan edi) tashkil etgan bo`lsa, 2000-2017 yillar mobaynida uyali aloqa telefonlari
bilan ta`minlanganligi deyarli 14,3 barobarga oshib, 2017 yil yakuniga kelib har
100 xonadonga 257 tadan, ya`ni har bir xonadonga 2,6 tadan uyali aloqa telefonlari
to`g`ri keldi (11-rasm).
11-rasm
Shaxsiy kompyuterlar va mobil telefonlar bilan ta`minlanganligi,
100 ta uy xo`jaligiga
Olingan ma`lumotlarga ko`ra, aholining ta`minlanganlik darajasidan kelib
chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda aholining kundalik hayotida
zarur bo`lgan tovarlar qatorida elektr changyutgichlar, kir yuvish mashinalari,
kompyuterlar hamda konditsionerlarga hali hamon ehtiyoj mavjudligini bildiradi.
O`z navbatida ma`lumotlar respublikamizda bu kabi tovarlarni ishlab
chiqaruvchi korxonalar hamda xorijiy davlatlardan tovarlarni import qiluvchi
tashkilotlar uchun egallanmagan katta qismdagi iste`mol bozorining mavjud
ekanligidan dalolat beradi.
V.
Aholi turmush darajasini tavsiflovchi boshqa
ko'rsatkichlarning tendensiyasi
Aholi turmush darajasini baholashda jon boshiga to`g`ri keladigan daromad,
xarajatlarning tarkibiy o`zgarishi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari iste`moli va uzoq
muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta`minlanganligi bilan bir qatorda uy-joy
sharoitlari, aholining obod va zamonaviy uy-joylar bilan ta`minlanganligi, aholi
istiqomat qiladigan muhitni rivojlantirish hamda obodonlashtirish, zarur
infratuzilmaning mavjudligi va uning samarasi, zamonaviy talablar asosida ta`lim
olish hamda sog`liqni saqlash tizimidan qoniqish kabi muhim ko`rsatkichlardan
foydalaniladi.
0,2
5
12
50
0
20
40
60
Dostları ilə paylaş: