Daromad samarasi va almashtirish samarasi «Daromad-iste’mol» chizig‘i va uning tahlili. «Narx-iste’mol» chizig‘i va uning tahlili
DAROMAD SAMARASI VA ALMAShTIRISh SAMARASI
1. «Daromad-iste’mol» chizig‘i va uning tahlili.
2. «Narx-iste’mol» chizig‘i va uning tahlili.
3. Normal va past kotegoriyali tovarlar uchun daromad va almashtirish samarasi.
4. O‘rnini bosuvchi va to‘ldiruvchi tovarlar.
1. «Daromad-iste’mol» chizig‘i va uning tahlili.
Daromad-iste’mol chizig‘i. Daromadning o‘zgarishi budjet chizig‘ini o‘ziga parallel ravishda siljishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati o‘zgarmaydi. Daromad oshganda, budjet chizig‘i o‘ngga-yuqoriga siljiydi, kamayganda pastga-chapga siljiydi. Xuddi shunday siljishlar ne’matlar narxi bir xil o‘zgarganda ham sodir bo‘ladi. Narxlarning pasayishi real daromadni oshiradi, natijada budjet chizig‘i o‘ngga-yuqoriga siljiydi. Xuddi shunday narxlarning o‘sishi, real daromadni kamaytiradi - budjet chizig‘i pastga-chapga siljiydi.
Real daromadning o‘sishi natijasida budjet chizig‘i holatlarga ketma-ket siljiydi (32-rasm).
32-rasm. «Daromad-iste’mol» chizig‘i.
Daromadlarning o‘zgarishiga mos ravishda iste’molchining yangi holatdagi muvozanat nuqtalari o‘rnatiladi: . Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni amerikalik olim Dj.Xiks «daromad-iste’mol» chizig‘i deb atadi va bu chiziq ilmiy adabiyotlarda «turmush darajasi» chizig‘i deb ham ataladi.
“When the income-consumption curve has a positive slope, the quantity demanded increases with income and the income elasticity of demand is positive. The greater the shifts to the right of the demand curve, the larger the income elasticity. In this case the goods are described as normal: Consumers want to buy more of them as their income increases. In some cases, quantity demanded falls as income increases, and the income elasticity of demand is negative. We then describe the good as inferior. The term inferior is not pejorative-it simply means that consumption falls when income rises”1.
Agar «daromad-iste’mol» chizig‘i koordinata boshidan burchak ostidagi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lsa, daromadning o‘sishi, iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlari bir xil proporsiyada o‘sadi. Agar iste’molchi ne’matlarni har xil proporsiyada xarid qilsa, chizig‘ining yotiqligi o‘zgaradi. 32-rasmda tovarlar sotib olish boshida tez sur’atda o‘sadi, keyinchalik tovarni sotib olish, tovarga nisbatan oshib boradi.
Nemis olimi Ernst Engel (1821-1896) birinchi bo‘lib daromad o‘zgarishining iste’mol tarkibiga ta’sirini tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan o‘zgarishini ifodalovchi chiziqlar, Engel egri chiziqlari deyiladi (33-rasm).
33-rasm. Engel egri chiziqlari.
Gorizontal o‘q bo‘yicha iste’molchi daromadi ordinata o‘qi bo‘yicha - sotib olinadigan tovarlar miqdori belgilangan.
Iste’molchi ehtiyoji birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘yinadi ( - oziq-ovqat mahsulotlari), keyin standart sifatli sanoat mahsulotlari bilan va nihoyat, oliy sifatli tovarlar va xizmatlar bilan. Bulardan tashqari, oliy sifatli tovarlar va xizmatlarga o‘tganda ham, standart sifatli sanoat mahsulotlariga talabning yangi sakrash qonuniyati kuzatilgan.
a)
б)
34-rasm . «Narx-iste’mol» (a) va talab chizig‘i (b).
D
X1
Dostları ilə paylaş: |