Daromad samarasi va almashtirish samarasi «Daromad-iste’mol» chizig‘i va uning tahlili



Yüklə 15,47 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü15,47 Kb.
#166794
1   2   3   4
Daromad samarasi va almashtirish samarasi «Daromad-iste’mol» chi-fayllar.org

«Narx-iste’mol» chizig‘i. Yuqorida «daromad-iste’mol» chizig‘i qaralganda, ne’matlar narxi o‘zgarmaydi, deb qabul qilingan edi. Endi daromadni o‘zgarmas, deb qaraymiz va ne’matlardan bittasini, masalan, ne’matning narxini o‘zgaruvchan deb qaraymiz. Faraz qilaylik, ne’matning narxi ketma-ket kamayib bormoqda, ya’ni va hokazo.

Grafikda narxning bunday o‘zgarishi, budjet chizig‘ining holatdan va holatlarga siljitadi (34-rasm).


Masalan, tovar olma bo‘lsin, tovar apelsin bo‘lsin. (a) rasmda apelsin narxi o‘zgarmaydi, olma narxi pasayib bormoqda. Natijada budjet chizig‘ining o‘q bilan kesishgan nuqtasi o‘zgarmaydi, o‘q bilan kesishgan nuqtasi o‘ng tomonga siljib boradi. Olma narxining tushishi, real daromadni oshiradi, natijada iste’molchi olma narxi oshmasdan oldin olaolmagan apelsin va olma majmualarini endi olishi mumkin bo‘ladi. Ya’ni, berilgan daromadda endi ko‘proq olma va ko‘proq apelsin olish mumkin bo‘ladi. Ikkinchidan, budjet chizig‘i narx pasayishiga mos ravishda yotiqroq bo‘lib boradi. Iste’molchi endi bir birlik qo‘shimcha olma olish uchun, oldingidan kamroq miqdordagi apelsindan voz kechadi. Masalan, bitta apelsin narxi 10 so‘m va bitta olma narxi 5 so‘m bo‘lsa, yarimta apelsinga bitta olma to‘g‘ri keladi, olma narxi 2,5 so‘mga tushsa, qo‘shimcha bitta olma olish uchun 1/4 qism apelsindan voz kechishi kerak. Olma narxining pasayishi, ma’lum miqdordagi olmani apelsin bilan almashtirish imkoniyatini yaratadi. Natijada optimal majmua (olma va apelsinlarning optimal miqdori) nuqtadan yuqoriroq naflik darajasiga ega bo‘lgan befarqlik egri chiziqlarida joylashgan va nuqtalarga o‘tadi.
Daromad va almashtirish samaralari. «Daromad-iste’mol» chizig‘ini tahlil qilganimizda, daromad o‘zgarishini ( narxlar o‘zgarganda) iste’molga ta’sirini o‘rgangan edik. «Narx-iste’mol» chizig‘i orqali narxlarning o‘zgarishini bir ne’mat bilan boshqa bir ne’matni nisbiy almashtirishga ta’siri o‘rganiladi. Endi biz ne’matga bo‘lgan talabni o‘zgarishining qancha qismi narx bilan bog‘liq va qancha qismi daromad bilan bog‘liqligini ko‘rib chiqamiz (35-rasm). Narxning har qanday o‘zgarishi, birinchidan: real daromadni oshiradi, natijada befarqlik egri chizig‘i siljiydi va iste’molchi sotib olishi mumkin bo‘lgan ne’matlar tarkibini o‘zgartiradi; ikkinchidan - narxlar nisbatini o‘zgartiradi va bir ne’mat (B) bilan boshqa ne’mat (A) almashtiriladi.
Ne’matlar majmuasiga (A va B ne’matlar) bo‘lgan talab o‘zgarishining qancha qismi real daromad ta’siri va qancha qismi narxning pasayishi bilan bog‘liq ekanligini aniqlamoqchimiz. 35-rasmda budjet chizig‘ining boshlang‘ich holati BA va A ne’mat narxi pasaygandan keyingi holati BA keltirilgan. Boshlang‘ich budjet chizig‘ida befarqlik egri chizig‘iga mos keluvchi optimal majmua nuqta bilan ifodalangan.

35-rasm. Normal tovarlar uchun daromad samarasi.

nuqtada iste’molchi B ne’matdan B1 miqdorda, ne’matdan miqdorda sotib oladi. ne’matning narxi tushgandan keyin, yangi optimal majmua BA budjet chizig‘i bilan befarqlik egri chiziqlari kesishgan nuqtaga o‘tadi. nuqtada iste’molchi B3 miqdorda B ne’matdan va miqdorda tovardan sotib oladi.
Demak, ne’mat narxining pasayishi iste’molchining real daromadini, uning tovar sotib olish imkoniyatini oshiradi, ya’ni uning o‘z ehtiyojini qondirish darajasini oshiradi. Bu yerda ne’matni iste’mol qilish hajmining umumiy o‘zgarishi (uning narxi tushishi hisobidan) rasmda bilan belgilangan. Iste’molchi boshida miqdorda ne’matdan sotib oladi, narx o‘zgargandan keyin sotib olish hajmi ga o‘zgaradi. B tovarni sotib olish hajmi 0B1 dan 0B3 ga qisqardi.
ne’mat iste’molining umumiy o‘zgarishi ga umumiy samara deyiladi. Endi umumiy samarani daromad samarasiga va almashtirish samarasiga qanday ajralishni ko‘ramiz.
Daromad samarasini aniqlash uchun BA budjet chizig‘iga parallel qilib BA budjet chizig‘ini befarqlik egri chizig‘iga urinadigan qilib o‘tkazamiz va bu urilgan nuqtani deb belgilaymiz. nuqtaga mos keluvchi optimal majmuadagi ne’mat miqdori ga teng va u umumiy samarani ikki qismga ajratadi: va . o‘zgarishga daromad samarasi deyiladi va o‘zgarishga - almashtirish samarasi deyiladi.


Yüklə 15,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin