121-modda. Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni o‘tash shartlari Oldingi tahrirga qarang. Maxsus tartibli koloniyalarda mahkumlar kameralarda yoki umumiy yashash binolarida
yashaydilar.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 39-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). (121-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) Oldingi tahrirga qarang. Mahkumlar belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizi bo‘lgan
summasigacha oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin.
(121-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. Mahkumlar yil mobaynida:
to‘rt marta qisqa muddatli va to‘rt marta uzoq muddatli uchrashuv;
olti marta telefon orqali so‘zlashuv;
oltita posilka yoki yo‘qlov;
oltita banderol olish huquqiga ega.
(121-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son) Kameralarda saqlanadigan mahkumlarning kinofilmlar va teleko‘rsatuvlar ko‘rishi
taqiqlanadi.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 41-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).