Turmalarda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazish ushbu Kodeksning
104-
moddasida
nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
60-bandi
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Turmalarda mahkumlarni yengillashtirilgan saqlash sharoitiga muddatidan oldin o‘tkazishga
yo‘l qo‘yilmaydi, mahkumni sog‘lig‘iga ko‘ra tegishli tibbiy xulosa asosida o‘tkazish hollari bundan
mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
61-bandi
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Oldingi
tahrirga qarang.
Homilador ayollar va yonida emizikli bolasi bor ayollar, shuningdek I va II guruh nogironligi
bo‘lgan shaxslar turmalarda jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida o‘taydilar.
(122-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
62-bandi
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Dostları ilə paylaş: