118-modda. Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni o‘tash tartibi
Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni:
mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 50-moddasi yettinchi qismining
“v” bandi
.
turmalar va maxsus tartibli koloniyalardan rag‘batlantirish tarzida o‘tkazilgan mahkumlar;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur kodeks 104-moddasining
ikkinchi qismi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish
muddatini o‘taganidan so‘ng turmalardan o‘tkazilgan mahkumlar;
sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur kodeks 105-moddasi birinchi qismining
yettinchi xatboshisi
.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
27
,
28-bandlari
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ilgari
o‘tagan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan
jazoga qayta hukm qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni ozodlikdan
mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan
mahkumlar o‘taydi.
(118-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining
2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuniga
asosan to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan
almashtirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Tuzalish yo‘liga o‘tgan mahkumlar ushbu Kodeksning
104-moddasida
nazarda tutilgan
tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkaziladi.
(118-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
29-bandi
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Qattiq tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga o‘tkazilgan mahkumlar jazoni bu erga
o‘tkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida o‘taydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
30-bandi
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Dostları ilə paylaş: