Ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochish va boshqa jinoyatlarning, jazoni o‘tashning
belgilangan tartibini buzishlarning oldini olish, mahkumlar xulq-atvori to‘g‘risida zarur axborot olish
uchun jazoni ijro etish muassasalarida nazorat va tekshirishning audiovizual, elektron va boshqa
texnikaviy vositalaridan foydalaniladi.
Muassasa ma’muriyati mahkumlarni nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari
qo‘llanilayotganligidan xabardor etishi shart.
Nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari ro‘yxati, ulardan foydalanish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: