muassasa boshlig‘ining qaroriga binoan —
ushbu Kodeksning
102
,
104-moddalariga
muvofiq;
sud tomonidan — Jinoyat-protsessual
kodeksining
537-moddasiga
muvofiq.
Mahkumlarni saqlash sharoiti intizomiy jazo tarzida quyidagicha og‘irlashtirilishi mumkin:
muassasa boshlig‘ining qaroriga binoan — ushbu Kodeksning
105
,
106-moddalariga
muvofiq;
Oldingi
tahrirga qarang.
sud tomonidan — Jinoyat-protsessual kodeksining
537-moddasi
va 542-moddasining
ikkinchi qismiga
muvofiq.
(61-moddaning uchinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 13-
dekabrdagi O‘RQ-124-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 503-modda)
11-BOB. JAZONI IJRO ETISh MUASSASALARIDAGI REJIM
62-modda. Rejimning asosiy talablari
Jazoni ijro etish muassasalarida rejim jazodan ko‘zlangan
maqsadga erishish uchun
belgilanadi.
Rejim quyidagilarni ta’minlaydi:
mahkumlarni batamom ajratib qo‘yish, ularni qo‘riqlash va nazorat qilib turishni;
mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga
chiqarish, shuningdek
ularning o‘z majburiyatlarini
ado etishini;
muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni;
muassasa turiga qarab mahkumlarni
har xil sharoitda saqlashni;
mahkumlarning va muassasa xodimlarining xavfsizligini.
Jazoni ijro etish muassasalarida rejim O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
tomonidan tasdiqlangan Ichki tartib qoidalari va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib
qoidalari”
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Dostları ilə paylaş: