xizmatlarning faoliyati cheklanishi mumkin. Ayni vaqtda mahkumlarning ayrim huquqlari
cheklanishiga yo‘l qo‘yiladi.
75-modda. Mahkumlarning oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib
olishi
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar o‘z shaxsiy hisobvarag‘idagi pul
hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olishlari
mumkin.
Sarflashga ruxsat etiladigan pul miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda
mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Mahkumlar yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazilganda, mehnat normasi va mehnat
vazifalarini bajarganda, shuningdek bayram kunlari rag‘batlantirish tarzida, mahkumlarga mehnatga
haq to‘lash eng kam miqdorining 3,6 foizigacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha pul sarflashga ruxsat
etiladi.
(75-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Bir oy davomida sarflashga ruxsat etilgan pulning umumiy summasi quyidagi miqdorlardan
oshmasligi kerak:
umumiy tartibli koloniyalarda — belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining
1,06
baravaridan;
qattiq tartibli koloniyalarda — belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 87,9
foizidan;
maxsus tartibli koloniyalarda — belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining
70,3 foizidan;
turmalarda — belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 52,7 foizidan;
Oldingi
tahrirga qarang.
tarbiya koloniyalarida, ixtisoslashtirilgan
davolash muassasalarida, shuningdek mahkum
birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar hamda jazoni ijro etish
muassasalaridagi bolalar uylarida bolalari bo‘lgan ayollar uchun — belgilangan mehnatga haq to‘lash
eng kam miqdorining 120 foizidan.
(75-moddaning to‘rtinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-
maydagi O‘RQ-770-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y.,
03/22/770/0424-son)
Ushbu moddaning
to‘rtinchi
qismida
belgilangan miqdordan ortiqcha pulga mahkumlar
tibbiy xulosa asosida qo‘shimcha ravishda oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek kiyim va poyabzal
sotib olish huquqiga ega.
Oldingi
tahrirga qarang.
Muassasa boshlig‘i yangi kelgan mahkumga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar
sotib olish uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 17,6 foizigacha, manzil-
koloniyalarda esa 35,2 foizigacha bo‘lgan summada avans berishga haqli.
(75-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Dostları ilə paylaş: