majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarni tashkil
etishi;
ishlarni bajarish uchun tegishli sharoitlarni ta’minlashi;
mahkumlarni jazoni o‘tash soatlariga mos bo‘lgan ish hajmi bilan ta’minlashi;
mahkumlar tomonidan o‘zlari uchun belgilangan ishlarning bajarilishi ustidan nazoratni
amalga oshirishi;
jazolarni ijro etish inspeksiyasiga mahkumlar tomonidan ishlab berilgan soatlar miqdori, ular
bajargan ishlarning sifati va mahkumlarning xulq-atvori haqida ma’lumotlar
taqdim etishi;
Oldingi
tahrirga qarang.
mahkumlar majburiy jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan taqdirda,
ularga qonunchilikda belgilangan tartibda zararning o‘rnini qoplash choralarini ko‘rishi shart.
(25
4
-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy
jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqida nizom”ning
26-bandi
.
25
5
-modda. Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxsning majburiyatlari
Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs:
sudning hukmi, ajrimi yoki qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida
yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasida hisobga turishi;
majburiy jamoat ishlarini bajarish va o‘tash
shartlariga rioya etishi;
o‘zi uchun belgilangan joyda (obyektda) ishlashi hamda majburiy jamoat ishlarining
belgilangan muddatlari
va hajmlarini ishlab berishi;
majburiy jamoat ishlarini o‘tash joyidagi (obyektidagi) tashkilotning (organning) ichki
mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi, mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lishi;
yashash joyi o‘zgarganligi haqida jazolarni ijro etish inspeksiyasini
xabardor qilishi,
shuningdek uning chaqiruviga binoan yetib kelishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy
jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqida nizom”ning
28-bandi
.
Dostları ilə paylaş: