jamoat ishlarini o‘tashi mumkin bo‘lgan joylar (obyektlar) va majburiy jamoat ishlarining turlari
jazolarni ijro etish inspeksiyalari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining taklifiga
ko‘ra belgilanadi.
Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tashga
sudning hukm qonuniy
kuchga kirganligi haqidagi xabarnomasi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga kelib tushgan kundan
e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay jalb qilinadi.
Mahkumga asosiy ish joyidan navbatdagi har yilgi mehnat ta’tilining
berilishi majburiy
jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini to‘xtatib turmaydi.
Mahkum majburiy jamoat ishlarini o‘tashi davrida Jinoyat kodeksi 75-moddasining
beshinchi qismida
nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, jazolarni ijro etish inspeksiyasi
tomonidan sudga mahkumni jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma yuboriladi.
Majburiy jamoat ishlari bepul asosda bajariladi.
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi va majburiy jamoat
ishlari turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
45
1
-moddasi
, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
8-maydagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil
etish tartibi haqida nizom”ning
1 — 2-boblari
.
Dostları ilə paylaş: