o‘rganish hamda tahlil qilish maqsadida jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, zarur
hujjatlar bilan tanishishga haqli.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi O‘RQ-729-sonli
Qonuniga
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Jazoni ijro etuvchi muassasalar va organlarga kirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirishga va ulardan intervyu olishga ularning
yozma roziligi bilan, shuningdek jazoni ijro etuvchi organning ruxsatiga asosan yo‘l qo‘yiladi.
Mahkumlarning xavfsizligini va qo‘riqlanishini ta’minlovchi obyektlarni tasvirga olishga jazoni ijro
etuvchi muassasaning yoki organning ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
(18-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ-825-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
90-bandi
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Dostları ilə paylaş: