Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-BOB. JAZOLARNI VA BOShQA JINOYAT-HUQUQIY TA’SIR ChORALARINI IJRO



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110
25.04.1997 (1)

4-BOB. JAZOLARNI VA BOShQA JINOYAT-HUQUQIY TA’SIR ChORALARINI IJRO 
ETUVChI MUASSASALAR VA ORGANLAR FAOLIYATINI TEKShIRISh HAMDA 
NAZORAT QILISh 
16-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan tekshirish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir 
choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar faoliyatini qonunchilikda belgilangan hollarda va 
tartibda tekshiradilar. 
(16-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) 
to‘g‘risida”gi Qonunining 
14-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-
dekabrdagi 174-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan 
mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
89-bandi

17-modda. Prokuror nazorati 
Jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya 
etilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar 
qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradilar. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 
30 — 32-moddalari

18-modda. Jazoni o‘tash joylariga kirish 
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari, ommaviy axborot 
vositalari vakillari va boshqa shaxslar jazoni ijro etuvchi muassasalar va organlarga kirish huquqiga 
ega. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish 
bo‘yicha vakil jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqiga ega. 
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) 
to‘g‘risida”gi Qonunining 
14-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil 
to‘g‘risida”gi Qonunining 
8-moddasi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari o‘z vakolatlari 
doirasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini 


o‘rganish hamda tahlil qilish maqsadida jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, zarur 
hujjatlar bilan tanishishga haqli. 
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi O‘RQ-729-sonli 
Qonuniga
 asosan 
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-
son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jazoni ijro etuvchi muassasalar va organlarga kirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. 
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirishga va ulardan intervyu olishga ularning 
yozma roziligi bilan, shuningdek jazoni ijro etuvchi organning ruxsatiga asosan yo‘l qo‘yiladi. 
Mahkumlarning xavfsizligini va qo‘riqlanishini ta’minlovchi obyektlarni tasvirga olishga jazoni ijro 
etuvchi muassasaning yoki organning ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. 
(18-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ-825-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
90-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin