Mahkum harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan yoxud kirgan taqdirda inspeksiya
hukmning nusxasini mudofaa ishlari bo‘limiga yoki mahkum xizmatni o‘tayotgan joyga yuboradi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash
tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga
oshirish tartibi to‘g‘risidagi” yo‘riqnomaning 6-bandi (ro‘yxat raqami
2922
, 28.08.2017-y.).
23-modda. Korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining hukmni ijro etish
borasidagi majburiyatlari
Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati jazolarni ijro etish
inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida quyidagilarni amalga oshirishga
majbur:
mahkum egallash va shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan
lavozimdan yoki mehnat
faoliyati turidan uni ozod qilish;
jazolarni ijro etish inspeksiyasiga hukm talablari ijro etilganligi to‘g‘risida, tegishli
hujjatlarni
ilova etgan holda, xabar yo‘llash;
mahkum boshqa ishga o‘tkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan
taqdirda, bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar qilish.
LexUZ sharhi
Qarang: “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash
tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga
oshirish tartibi to‘g‘risidagi” yo‘riqnomaning
13-bandi
(ro‘yxat raqami 2922, 28.08.2017-y.).
Dostları ilə paylaş: