Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   110
25.04.1997 (1)

24-modda. Muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani 
bekor qilishga vakolatli organning majburiyatlari 
Muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga 
vakolatli organ jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida 
mahkum shug‘ullanishi taqiqlangan faoliyat turi uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilib, tegishli 
hujjatni olib qo‘yishga va bu haqda inspeksiyaga xabar yo‘llashga majbur. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash 
tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga 
oshirish tartibi to‘g‘risidagi” yo‘riqnomaning 
14-bandi
 (ro‘yxat raqami 2922, 28.08.2017-y.). 
25-modda. Mahkumning majburiyatlari 
Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm talablarini 
bajarishga, jazolarni ijro etish inspeksiyasiga mazkur jazoni o‘tash bilan bog‘liq hujjatlarni taqdim 
etishga, yashash va ish joyidagi o‘zgarishlar yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida 
inspeksiyani xabardor qilishga, chaqiruvga binoan inspeksiyada hozir bo‘lishga majbur. Mahkum 
hozir bo‘lmagan taqdirda u belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
6
1
-bob. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni ijro etish va o‘tash 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy 
jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqida 
nizom
”. 
25
1
-modda. Jazoni ijro etish tartibi va shartlari 
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni ijro etish mahkumning yashash joyidagi ichki 
ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Mahkum majburiy 


jamoat ishlarini o‘tashi mumkin bo‘lgan joylar (obyektlar) va majburiy jamoat ishlarining turlari 
jazolarni ijro etish inspeksiyalari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining taklifiga 
ko‘ra belgilanadi.
Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tashga sudning hukm qonuniy 
kuchga kirganligi haqidagi xabarnomasi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga kelib tushgan kundan 
e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay jalb qilinadi.
Mahkumga asosiy ish joyidan navbatdagi har yilgi mehnat ta’tilining berilishi majburiy 
jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini to‘xtatib turmaydi.
Mahkum majburiy jamoat ishlarini o‘tashi davrida Jinoyat kodeksi 75-moddasining 
beshinchi qismida 
nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, jazolarni ijro etish inspeksiyasi 
tomonidan sudga mahkumni jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma yuboriladi.
Majburiy jamoat ishlari bepul asosda bajariladi.
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi va majburiy jamoat 
ishlari turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 
45
1
-moddasi
, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 
8-maydagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil 
etish tartibi haqida nizom”ning 
1 — 2-boblari


Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin