Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   110
25.04.1997 (1)

25
6
-modda. Jazo muddatini hisoblash 
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo muddati mahkum majburiy jamoat ishlarini o‘tashi 
mobaynidagi soatlar bilan hisoblanadi.
Majburiy jamoat ishlari vaqti dam olish kunlari va mahkum o‘qishda yoki asosiy ishda band 
bo‘lmagan kunlari to‘rt soatdan, ish kunlari, o‘quv darslari (mashg‘ulotlar) o‘tkaziladigan kunlari esa, 
ish yoki o‘qishdan oldin yoki keyin ikki soatdan, mahkumning iltimosiga ko‘ra esa, to‘rt soatdan 
oshmasligi lozim. Mahkum o‘taydigan majburiy jamoat ishlarining vaqti, qoida tariqasida, haftasiga 
o‘n ikki soatdan kam bo‘lmasligi lozim.
Voyaga yetmagan mahkum tomonidan o‘taladigan majburiy jamoat ishlari vaqti dam olish 
kunlari va mahkum o‘qishda yoxud asosiy ishda band bo‘lmagan kunlari uch soatdan, ish kunlari, 
o‘quv darslari (mashg‘ulotlar) o‘tkaziladigan kunlari esa, ikki soatdan, biroq haftasiga uch kundan 
oshmasligi lozim. 
Mahkumga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, jazolarni ijro etish 
inspeksiyasi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda mahkumga hafta yoki 
oy mobaynida majburiy jamoat ishlari soatlarining kamroq miqdorini ishlab berish uchun ruxsat 
etishga haqli.


 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy 
jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqida nizom”ning 
13 — 16-bandlari

25
7
-modda. Jazoni o‘tash tartibi va shartlarini buzish oqibatlari
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash tartibi va shartlarini buzganligi 
uchun jazolarni ijro etish inspeksiyasi uni qoidabuzarlik oqibatlari haqida qonunchilikka muvofiq 
yozma shaklda ogohlantiradi.
(25
7
-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Majburiy jamoat ishlarini o‘tashdan bo‘yin tovlagan mahkumga nisbatan jazolarni ijro etish 
inspeksiyasi Jinoyat kodeksining
45
1
 
yoki 
82
1
-moddalariga 
muvofiq majburiy jamoat ishlarini 
jazoning boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risida sudga taqdimnoma yuboradi. 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin