Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Jazo muddatini hisoblash



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110
25.04.1997 (1)

30-modda. Jazo muddatini hisoblash 
Axloq tuzatish ishlari muddati mahkum ishlagan va uning ish haqidan ushlab qolingan davr 
mobaynidagi yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Mahkum ishlab bergan kunlar miqdori sud 
tomonidan belgilangan jazo muddatining har oyiga to‘g‘ri keladigan ish kunlari miqdoridan kam 
bo‘lmasligi kerak. Agar mahkum ana shu miqdordagi ish kunlarini ishlab bermagan bo‘lsa va 
ishlanmagan kunlarni jazo muddatiga qo‘shib hisoblash uchun ushbu Kodeksda belgilab qo‘yilgan 
asoslar bo‘lmasa, axloq tuzatish ishlarini o‘tash mahkum belgilangan ish kunlari miqdorini to‘liq 
ishlab berguniga qadar davom etadi. 
Ish vaqti jamlab hisobga olinadigan korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan 
mahkumlarning jazoni o‘tash muddati ish soatlarining normal miqdoriga amal qilingan holda
hisobga olinadigan davrdagi ish vaqti muddatidan kelib chiqib hisoblanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining
 123-moddasi

Jazoni o‘tash muddati korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati jazolarni ijro etish 
inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan, boshqa joylarda o‘taladigan axloq tuzatish ishlariga hukm 
qilingan shaxslar uchun esa — ular jazoni o‘tash uchun yuborilgan korxona, muassasa, tashkilotda 
ish boshlagan kundan boshlanadi. 
Mahkum ishlamagan, ammo qonunga muvofiq uning ish haqi saqlanib turgan vaqt, 
shuningdek mahkum ishsiz deb topilgan vaqt axloq tuzatish ishlarini o‘tash muddatiga qo‘shib 
hisoblanadi. 
Jazoni o‘tash muddatiga quyidagilar qo‘shib hisoblanmaydi: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
qonunchilikka muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanmaydigan 
kasallik vaqti; 
(30-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002-yil 
28-fevraldagi 71-sonli “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash chegarasini 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi 
qarori

qamoq tariqasidagi ma’muriy jazoni o‘tash vaqti, boshqa jinoyat sodir etganligi munosabati 
bilan qamoqda saqlangan vaqt. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
29-moddasi

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
245-moddasi
, “Muayyan huquqdan mahrum qilish, 
axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm 
qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi” yo‘riqnomaning 
50 — 54-bandlari
 
(ro‘yxat raqami 2922, 28.08.2017-y.). 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin