Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Jazolarni ijro etish inspeksiyasining majburiyatlari



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110
25.04.1997 (1)

27-modda. Jazolarni ijro etish inspeksiyasining majburiyatlari 
Ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi: 
axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni ro‘yxatga oladi; 
mahkumga jazoni o‘tashning tartibi va shartlarini tushuntiradi
boshqa joylarda o‘taladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni ishga 
jo‘natadi; 
mahkumlar tomonidan jazoni o‘tash shartlariga rioya etilishini tekshiradi
mahkum ishlaydigan korxona, muassasa va tashkilot ma’muriyati tomonidan hukm talablari 
ijro etilishini tekshiradi; 
mahkumni qidirib topish yuzasidan dastlabki tadbirlarni o‘tkazadi, zarur materiallarni 
tayyorlaydi va tegishli xizmatga oshiradi
axloq tuzatish ishlarini boshqa joylarda o‘tayotgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat 
shartnomasini bekor qilish uchun ruxsatnoma berish masalasini ko‘rib chiqadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash 
tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga 
oshirish tartibi to‘g‘risidagi” yo‘riqnomaning 
26-bandi 
(ro‘yxat raqami 2922, 28.08.2017-y.). 
28-modda. Korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining hukmni ijro etish 
borasidagi majburiyatlari 
Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati quyidagilarga majbur: 
mahkumning ish haqidan to‘g‘ri va o‘z vaqtida chegirib qolinishini hamda chegirib qolingan 
summa davlat foydasiga o‘tkazilishini ta’minlash; 
mahkumga nisbatan qo‘llanilgan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari haqida, uning 
jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgani, boshqa ishga o‘tkazilganligi yoki u bilan tuzilgan mehnat 
shartnomasi bekor qilinganligi haqida jazolarni ijro etish inspeksiyasini xabardor etish. 
29-modda. Mahkumning majburiyatlari 
Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm talablarini bajarishga, 
jazolarni ijro etish inspeksiyasiga mazkur jazoni o‘tash bilan bog‘liq hujjatlarni taqdim etishga
yashash va ish joyidagi o‘zgarishlar yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida inspeksiyani 
xabardor qilishga, chaqiruvga binoan inspeksiyada hozir bo‘lishga majbur. Mahkum hozir bo‘lmagan 
taqdirda u belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin. 


Jazolarni ijro etish inspeksiyasi belgilaydigan joylarda jazoni o‘tash muddati mobaynida 
inspeksiyaning yozma ruxsatisiz mehnat shartnomasini mahkumning tashabbusi bilan bekor qilish 
taqiqlanadi. Inspeksiya ruxsatnoma berishni rad etgan taqdirda yuqori mansabdor shaxsga yoki sudga 
shikoyat qilish mumkin. 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin