Jazoni o‘z ish joyida o‘tash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar
sudlangunga qadar o‘zlari ishlagan korxona, muassasa yoki tashkilotda mehnat faoliyatini davom
ettiraveradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar
tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
20-bandi
.
Jazoni boshqa joylarda o‘tash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar
jazolarni ijro etish inspeksiyasi belgilab beradigan korxona, muassasa va tashkilotlarga yuboriladi.
Voyaga yetmagan mahkumlar yashash joyidagi korxona, muassasa va tashkilotlarga yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash
tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga
oshirish tartibi to‘g‘risidagi” yo‘riqnomaning
20 — 24-bandlari
(ro‘yxat raqami 2922, 28.08.2017-y.).,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-son “Sudlar tomonidan jinoyat uchun
jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
19-bandi
.
Dostları ilə paylaş: