8 1 -bob. OZODLIKNI ChEKLASh TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISh LexUZ sharhi Qarang: “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi” yo‘riqnomaning 3-bobi (ro‘yxat raqami 2922, 28.08.2017-y.). 44 1 -modda. Jazoni ijro etish tartibi Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar
organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan yoki sud belgilaydigan, mahkumlarning sud
belgilagan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradigan boshqa organ
tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 48 1 va 84 1 -moddalari , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 25 1 —25 6 -bandlari . 44 2 -modda. Ozodlikni cheklash muddatini hisoblash Ozodlikni cheklash muddati mahkum jazolarni ijro etish inspeksiyalarida hisobga qo‘yilgan
kundan boshlab hisoblanadi.
Mahkum uzrli sabablarsiz o‘zboshimchalik bilan yashash joyida bo‘lmagan vaqti ozodlikni
cheklash muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi” yo‘riqnomaning 77-bandi (ro‘yxat raqami 2922, 28.08.2017-y.).