I KIChIK BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
9-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM QILISh TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISh
MUASSASALARI
45-modda. Jazoni ijro etish muassasalarining turlari
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini jazoni ijro etish muassasalari amalga
oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
50
va
85-moddalari
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Jazoni ijro etish muassasalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
jazoni
ijro etish koloniyalari, shu jumladan davolash huquqi asosidagi koloniyalar;
tarbiya koloniyalari;
turmalar;
mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar.
(45-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va xo‘jalik xizmatiga oid
ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish
muassasalari vazifasini
bajaradi.
Jazoni ijro etish koloniyalari manzil-koloniyalarga, umumiy, qattiq,
maxsus tartibli
koloniyalarga bo‘linadi hamda voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan.
Oldingi
tahrirga qarang.
Tarbiya koloniyalari voyaga yetmagan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan.
(45-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Turmalar voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
1 — 7-bandlari
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Dostları ilə paylaş: