20-modda. Jarimani to‘lashdan bo‘yin tovlash oqibatlari Mahkumning jarimani to‘lashdan bo‘yin tovlashi bu jazoni Jinoyat kodeksining
44
va
82-
moddalarida
nazarda tutilgan tartibda va doirada boshqa jazo bilan almashtirishga sabab bo‘ladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 32 1 -moddasi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3- fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 18- bandining ikkinchi xatboshisi . 6-BOB. MUAYYaN HUQUQDAN MAHRUM QILISh TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISh LexUZ sharhi Qarang: “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi” yo‘riqnomaning 1-bobi . (ro‘yxat raqami 2922, 28.08.2017-y.). 21-modda. Jazoni ijro etish tartibi Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi
ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 45-moddasining birinchi , ikkinchi qismlari , mazkur Kodeks 14-moddasining ikkinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12- apreldagi PQ-2883-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi to‘g‘risida”gi nizom 7-bandning “g” kichik bandi , “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi” yo‘riqnomaning 3-bandi (ro‘yxat raqami 2922, 28.08.2017-y.). Oldingi tahrirga qarang. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga qo‘shimcha ravishda tayinlangan muayyan
huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi asosiy jazoni ijro etuvchi organ tomonidan
amalga oshiriladi.
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)