15-modda. Boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar Shartli hukm qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat ichki ishlar organlari, harbiy
xizmatchilarga nisbatan esa — ular xizmatni o‘tayotgan joydagi harbiy qismlar (muassasalar)
qo‘mondonligi tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 72-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi to‘g‘risida”gi nizom 7-bandning “g” kichik bandi . Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari:
Oldingi tahrirga qarang. ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan — sog‘liqni
saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan;
(15-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12- sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son) Oldingi tahrirga qarang. alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan yoxud ruhiy holati aqli
rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan mahkumlarga nisbatan — sog‘liqni saqlash
organlarining tibbiy muassasalari tomonidan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda esa,
jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish bo‘limlarida hamda
mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada.
(15-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12- sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 91 — 96-moddalari , mazkur Kodeksning 174-moddasining uchinchi xatboshisi , 181 — 194-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuni , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-maydagi 195- sonli qarori bilan tasdiqlangan “Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari to‘g‘risida”gi nizom , O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 3-maydagi 65-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori . Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralari:
jabrlanuvchidan uzr so‘rash, yetkazilgan zararni to‘lash yoki bartaraf etish majburiyatini
yuklash — sud tomonidan;
maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish — xalq ta’limi organlari tomonidan ijro
etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 88-moddasi , mazkur Kodeksning 174- moddasining to‘rtinchi xatboshisi , 195 — 197-moddalari , O‘zbekiston Respublikasi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunining 31-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori bilan tasdiqlangan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi to‘g‘risidagi”gi nizom .