3-BOB. JAZOLARNI VA BOShQA JINOYAT-HUQUQIY TA’SIR ChORALARINI IJRO
ETUVChI MUASSASALAR VA ORGANLAR
14-modda. Jazolarni ijro etuvchi muassasalar va organlar
Oldingi
tahrirga qarang.
Jarima tariqasidagi jazo O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy
ijro byurosi tomonidan ijro etiladi.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining
2-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi
PQ–3016-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy
ijro byurosi to‘g‘risidagi nizom”ning 9-bandi
ikkinchi xatboshisi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni
cheklash, ozodlikdan mahrum qilish va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ichki ishlar
organlari tomonidan yoki sud belgilaydigan boshqa organ tomonidan ijro etiladi. Muayyan huquqdan
mahrum qilish to‘g‘risidagi hukm talabi mahkumning ish joyidagi ma’muriyat tomonidan,
shuningdek tegishli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga berilgan ruxsatnomani bekor qilishga
vakolatli organlar tomonidan ijro etiladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy
jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqida Nizom”ning
4-bandi
, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi to‘g‘risida”gi nizom 7-bandning
“g” kichik bandi
.
Harbiy xizmatchilarga nisbatan:
xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazo — harbiy xizmatchi xizmatni o‘tayotgan joydagi
harbiy qismlarning (muassasalarning) qo‘mondonligi tomonidan;
Oldingi
tahrirga qarang.
(14-moddaning uchinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-
martdagi O‘RQ-421-son
Qonuniga
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
47-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida nizom”ning
293
va
294-bandlari
.
intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazo — maxsus tashkil etilgan harbiy qismlar
tomonidan ijro etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-son Farmoni
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari intizomiy qismi to‘g‘risida”gi
nizom
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazo mazkur unvonni
bergan organ tomonidan ijro etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi
Qonunning
9-moddasi
.
(14-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori
.
Dostları ilə paylaş: |