Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining vazifasi



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
25.04.1997 (1)

2-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining vazifasi 
Jinoyat-ijroiya qonunchiligining vazifasi jazo ijrosini ta’minlash, mahkumlarni axloqan 
tuzatish, jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilishdan iborat. 
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
3-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining amal qilishi 
Jinoyat-ijroiya qonunchiligi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi. 
Jazoni ijro etish va mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari amalda bo‘lgan qonunchilikka 
muvofiq qo‘llaniladi. 
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-son “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 
Qonunning 
43-moddasi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
4-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi va xalqaro-huquqiy hujjatlar 
Jinoyat-ijroiya qonunchiligi xalqaro huquqning jazoni ijro etish va mahkumlar bilan 
muomalada bo‘lishga taalluqli prinsiplari va normalarini inobatga oladi. 
Jinoyat-ijroiya qonunchiligining normalari mahkumlarni qiynoqqa solish va boshqa 
g‘ayriinsoniy yoki kamsituvchi muomala turlaridan himoya qilish to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarga 
zid bo‘lishi mumkin emas. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida jinoyat-ijroiya qonunchiligida 
nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnomaning qoidalari 
qo‘llaniladi. 
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin