12-modda. Mahkumlarning vijdon erkinligini ta’minlash Mahkumlarga vijdon erkinligi kafolatlanadi. Ular har qanday dinga e’tiqod qilishga yoki
hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikka haqli.
Oldingi tahrirga qarang. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan shaxslar huzuriga, ularning
iltimosiga ko‘ra, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan diniy birlashmalarning ruhoniylari taklif
etiladi. Mahkumlarga diniy rasm-rusumlarni ado etishga, ibodat uchun kerakli narsalardan va diniy
adabiyotlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) Oldingi tahrirga qarang. (12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda) Diniy rasm-rusumlarni ado etish ixtiyoriy bo‘lib, bu narsa jazoni ijro etuvchi muassasaning
ichki tartib qoidalarini buzmasligi, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini kamsitmasligi lozim.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni , “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 75 — 77- bandlari (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 13-modda. Mahkumlarning asosiy majburiyatlari Mahkumlar:
jazoni o‘tash tartibi va shartlariga rioya etishga;
jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyatining qonunga asoslangan talablarini
bajarishga majburdirlar.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 71 — 74-bandlari (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013- y.). Mahkumlarning o‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarmasligi qonunda
belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 105-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 220 — 222-moddalari .