Hukmda nazarda tutilgan chegirma mahkumning asosiy ish joyidagi
ish haqining barcha
turidan, har bir ishlangan oy uchun maosh to‘lash chog‘ida, qonunchilikda
belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
(31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash
tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga
oshirish tartibi to‘g‘risidagi” yo‘riqnomaning
55 — 66-bandlari
(ro‘yxat raqami 2922, 28.08.2017-y.).
32-modda. Axloq tuzatish ishlarini o‘tashdan bo‘yin tovlash oqibatlari
Mahkum axloq tuzatish ishlarini o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda
jazolarni ijro etish
inspeksiyasi o‘talmagan muddatni ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqida Jinoyat
kodeksining
46
va
83-moddalarida
nazarda tutilgan tartibda sudga taqdimnoma kiritadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar
tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
21
va
22-bandlari
.
Oldingi
tahrirga qarang.
III BO‘LIM. OZODLIKNI ChEKLASh TARIQASIDAGI JAZOLARNI IJRO ETISh
(III bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(8-bob O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son
Qonuniga
asosan o‘z
kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: