Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Intizomiy jazo choralari



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110
25.04.1997 (1)

105-modda. Intizomiy jazo choralari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jazoni o‘tash tartibini buzganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni 
o‘tayotgan mahkumlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:
ogohlantirish;
hayfsan;
yengillashtirilgan saqlash sharoitlarini bekor qilish;
navbatdagi uchrashuvdan mahrum qilish;
intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yish;


(105-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ-825-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
436-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar quyidagi hollarda intizomiy 
javobgarlikka tortilmaydi:
Oldingi
 tahrirga qarang. 
mehnat normalarini bajarmaganligi uchun, agar bu mahkumning mehnatdan bo‘yin tovlash 
oqibati bo‘lmasa;
(105-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-
martdagi O‘RQ-825-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 
03/23/825/0164-son) 
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs ruhiy holati buzilishining bevosita oqibati 
hisoblangan biror-bir qoidabuzarligi uchun. 
(105-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-martdagi O‘RQ-530-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2019-y., 03/19/530/2769-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
437-bandi
 (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Agar mahkum quyidagi harakatlardan birini sodir etsa, mehnatdan bo‘yin tovlagan deb 
hisoblanadi:
uzrli sabablarsiz ishga chiqmaslikni yoki ishga bir oy ichida ikki va undan ortiq marta 
kechikishni;
ish vaqti davomida ish joyini uzrli sabablarsiz o‘zboshimchalik bilan tark etishni yoki ishlab 
chiqarish vazifalarini qasddan bajarmaslikni yoxud bajarishni rad etishni.
Intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yish tariqasidagi jazo chorasi jazoni o‘tash tartibini birinchi 
marta buzgan mahkumlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bundan jazoni o‘tash tartibini qo‘pol tarzda 
buzish mustasno. 
(105-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ-825-sonli 
Qonuniga 
asosan 
uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 
03/23/825/0164-son) 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin