103-modda. Mahkumlarning saqlash sharoitini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lmagan rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibi Mahkumga nisbatan tashakkur tariqasidagi rag‘batlantirish og‘zaki yoki yozma, boshqa
rag‘batlantirish choralari esa, yozma ravishda qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 426-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). Rag‘batlantirish choralari ushbu Kodeks talablariga rioya etilgan holda qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 427-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). Mahkumga nisbatan qo‘llanilgan rag‘batlantirish choralari haqida uning shaxsiy hujjatlar
yig‘majildiga tegishli yozuv kiritiladi.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 428-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). Mahkumga rag‘batlantirish tarzida yil mobaynida ko‘pi bilan ikkita posilka, yo‘qlov yoki
banderol olishga, ikki marta uchrashuvga ruxsat berilishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 429-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). Rag‘batlantirish tarzida mahkumdan ilgari qo‘llanilgan bitta intizomiy jazo muddatidan
oldin olib tashlanishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 430 , 470-bandlari (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013- y.).