Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tash shartlari



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   110
25.04.1997 (1)

114-modda. Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tash shartlari 


Manzil-koloniyalarda mahkumlar: 
soqchisiz, ammo nazorat ostida saqlanadilar
ertalab o‘rindan turishdan kechki yotishgacha bo‘lgan vaqt mobaynida koloniya hududi 
doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar
agar ular bajarayotgan ish yoki olayotgan ta’lim taqozo etsa, ma’muriyatning ruxsati bilan 
koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz yurishlari mumkin; 
fuqarolar kiyadigan kiyimda yuradilar; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
pul va qimmatli buyumlarni saqlashi, ulardan cheklanmagan miqdorda foydalanishi 
mumkin;
(114-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-
martdagi O‘RQ-825-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 
03/23/825/0164-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
ishdan bo‘sh vaqtda cheklanmagan miqdorda telefon orqali so‘zlashishlari, posilka, yo‘qlov 
va banderollar olishlari hamda jo‘natishlari mumkin; 
(114-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-
martdagi O‘RQ-825-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 
03/23/825/0164-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobiga xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlaridan va 
yo‘qlovlardagi mahsulotlardan mustaqil ravishda ovqat tayyorlashni amalga oshiradi. 
(114-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-
sonli 
Qonuniga 
asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
 12-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahkumlar cheklanmagan miqdorda qisqa muddatli uchrashuvlar, yil mobaynida yigirma 
to‘rt marta uzoq muddatli uchrashuvlar olish huquqiga ega. Uchrashuvlar, qoida tariqasida, ishdan 
bo‘sh vaqtda beriladi. Manzil-koloniya hududida uzoq muddatli uchrashuv o‘tkazish imkoniyati 
bo‘lmasa, uchrashuv mahkumning arizasiga binoan manzil-koloniya hududidan tashqarida, ushbu 
koloniya joylashgan tuman (shahar) hududida o‘tkazilishi mumkin. 
(114-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ-825-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
13-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahkumlar xonalarga bo‘lingan yotoqxonalarda yashaydilar. Saqlash rejimini buzmagan, 
oilasi bor mahkumlarga muassasa boshlig‘i qaroriga binoan manzil-koloniya hududida yoki manzil-
koloniya joylashgan tuman (shahar) hududida oilasi bilan alohida yashashga ruxsat berilishi mumkin. 
Bunday shaxslar ichki tartib qoidalarida belgilab qo‘yilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tish uchun hozir 
bo‘lishlari shart. Manzil-koloniya ma’muriyatining vakili mahkumlar yashayotgan joyga sutkaning 
istalgan vaqtida kirishi mumkin. 
(114-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ-825-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son) 


 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
 14-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Manzil-koloniya hududidan tashqarida yashash huquqi Jinoyat kodeksi 73-moddasi 
to‘rtinchi qismining “
v
” va 
“g” bandlarida 
ko‘rsatilgan mahkumlarga berilmaydi. 
(114-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ-825-sonli 
Qonuniga 
asosan 
to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-
son) 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin