112-modda. Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi Jazoni o‘tash tartibini kamida ikki marta qo‘pol tarzda buzgan va buning uchun intizomiy
bo‘linmaga kiritib qo‘yish tariqasidagi jazoga tortilgan mahkum, agar har bir intizomiy jazo
belgilangan tartibda olib tashlanmagan yoki bekor bo‘lmagan bo‘lsa, saqlash rejimini ashaddiy
buzuvchi deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 105-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisi , 107 — 109- moddalari . Oldingi tahrirga qarang. Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki ma’muriyat yo‘llanmasi bilan bo‘lishi kerak
bo‘lgan boshqa joyni o‘zboshimchalik bilan o‘n ikki soatdan ko‘proq muhlat mobaynida tashlab
ketgan mahkum ham manzil-koloniyada saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topiladi.
(112-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ-825-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son) Oldingi tahrirga qarang. Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi yengillashtirilgan saqlash sharoitiga, manzil-koloniyaga
o‘tkazilmaydi, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish hamda jazoni yengilrog‘i
bilan almashtirishga taqdim etilmaydi.
(112-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ-825- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73 va 74-moddalari , O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 536-moddasi , “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 436-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). Oldingi tahrirga qarang.