123-modda. Turmalarda jazoni o‘tash shartlari Turmalarda mahkumlar umumiy kameralarda saqlanadilar. Alohida hollarda mahkumning
batamom ajratib qo‘yilishini ta’minlash maqsadida muassasa boshlig‘ining prokuror tomonidan
tasdiqlangan qarori asosida uni bir kishilik kamerada saqlashga yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 63-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). Oldingi tahrirga qarang. Turmada mahkumlar belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5
foizigacha bo‘lgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin.
(123-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. Turmalarda mahkumlar har kuni muddati bir soatlik sayr qilish hamda yil mobaynida:
to‘rt marta qisqa muddatli va bir marta uzoq muddatli uchrashuv;
to‘rt marta telefon orqali so‘zlashuv;
to‘rtta posilka yoki yo‘qlov;
to‘rtta banderol olish huquqiga ega.
(123-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son) Turmalarda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazilgan mahkumlarga rag‘batlantirish
tarzida har kunlik sayr muddati bir soatga uzaytirilishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 66-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).