133-modda. Mahkuma ayollarning muassasa doirasidan chetga qisqa muddatli chiqishi Maktabgacha yoshdagi bolalari bor mahkuma ayollarga bolalarini qarindoshlarinikiga,
vasiylarinikiga yoki bolalar muassasalariga joylashtirib kelish uchun borish-kelish vaqtini (to‘rt
sutkagacha) hisobga olmagan holda o‘n besh sutkagacha muddatga chetga chiqishga ruxsat etilishi
mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 309-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). Oldingi tahrirga qarang. Voyaga yetmagan nogironligi bo‘lgan bolalari bor ayollarga bir yilda bir marta ular bilan
uchrashish uchun yo‘lga ketadigan vaqtni hisobga olmaganda yetti sutkagacha bo‘lgan muddatga
chetga chiqishga ruxsat etiladi.
(133-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 309-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). Oldingi tahrirga qarang. (134 va 135-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) Oldingi tahrirga qarang. V BO‘LIM. UMRBOD OZODLIKDAN MAHRUM QILISh TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISh
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori .