138-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnatini tashkil etish Umrbod
ozodlikdan
mahrum
qilingan
mahkumlarning
mehnati
odatdagi
va
yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida saqlanayotgan shaxslar uchun ish kameralarida tashkil etiladi.
139-modda. Rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 102-moddasi
birinchi qismining
ikkinchi—beshinchi xatboshilarida
nazarda tutilgan rag‘batlantirish choralari
qo‘llaniladi. Jazoni o‘tashning yengillashtirilgan sharoitlariga belgilangan tartibda o‘tkazilgan
mahkumlarga nisbatan rag‘batlantirish tartibida qo‘shimcha uchrashish yoki telefon orqali
so‘zlashish imkoniyati ham berilishi mumkin.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 105-moddasi
birinchi qismining
ikkinchi
,
uchinchi
va
beshinchi
xatboshilarida nazarda tutilgan intizomiy jazo
choralari qo‘llaniladi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash
sharoitlarida belgilangan tartibni ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlar quyidagi tartibda:
yengillashtirilgan saqlash sharoitlaridan odatdagi yoki qattiq saqlash sharoitlariga;
odatdagi saqlash sharoitlaridan qattiq saqlash sharoitlariga o‘tkazilishlari mumkin.
140-modda. Afv etish to‘g‘risida iltimosnoma berish Oldingi tahrirga qarang. Afv etish to‘g‘risida iltimosnoma berish va uni ko‘rib chiqish tartibi qonunchilikda
belgilanadi.
(140-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 76-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom . Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaxs tomonidan
u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash
davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo
olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar
o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda o‘tab
bo‘lganidan keyin berilishi mumkin.
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs
tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar
jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun
intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy
tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning o‘n besh yilini
haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin berilishi mumkin.
(V bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda) Oldingi tahrirga qarang.