Mahkuma ayollar uch yoshga to‘lmagan bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi
bolalar uyiga joylashtirishga va ishdan bo‘sh vaqtida ular bilan cheklanmagan miqdorda muloqotda
bo‘lishga haqli.
(132-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-iyundagi O‘RQ-625-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 03/20/625/1007-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
307-bandi
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Bolalar uyidagi bola uch yoshga to‘lganidan keyin onasining roziligi bilan uning
qarindoshlariga yoki, homiylik va vasiylik organining qaroriga binoan, boshqa shaxslarga berilishi
yoxud tegishli bolalar muassasalariga yuborilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
308-bandi
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Agar mahkumaning jazoni o‘tash muddati tugashiga ko‘pi bilan bir yil qolgan va u onalik
burchlarini lozim darajada bajarib kelgan bo‘lsa, muassasa ma’muriyati bolaning bolalar uyida
bo‘lish vaqtini uzaytirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
308-bandi
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Dostları ilə paylaş: