23-BOB. AYRIM TOIFADAGI MAHKUMLAR TOMONIDAN JAZONI O‘TASh XUSUSIYATLARI LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning XIII bobi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 130-modda. Mahkuma homilador ayollar va bolasi bor ayollar uchun qo‘shimcha huquqlar Mahkuma homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar ushbu Kodeksda
mahkumlar uchun nazarda tutilgan huquqlardan tashqari:
muassasa hududi doirasidan tashqarida yashash;
bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirish;
bolalarini joylashtirib kelish va ular bilan uchrashish uchun muassasa doirasidan chetga
chiqish huquqiga ham ega.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 296 , 297-bandlari (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013- y.). Oldingi tahrirga qarang. Mahkuma ayollarga voyaga yetmagan bolalari bilan bir yil ichida to‘rt marta, muddati besh
sutkagacha bo‘lgan uzoq muddatli uchrashuv, manzil-koloniyada saqlanayotganlarga esa, ishdan
bo‘sh vaqtda muassasa hududidan tashqarida yashash imkoniyati bilan uzoq muddatli uchrashuvlar
cheklanmagan miqdorda beriladi.
Mahkuma ayollarning voyaga yetmagan bolalari bilan uchrashishiga o‘zining shaxsini,
qarindoshligini yoki vasiyligini (homiyligini) tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim etgan taqdirda bitta
yaqin qarindoshi yoki vasiy (homiy) kuzatuvida yo‘l qo‘yiladi.
Mahkuma ayollarning voyaga yetmagan bolalari bilan uchrashuvlari ushbu Kodeksda
belgilangan uchrashuvlarga qo‘shib hisoblanmaydi.
Mahkuma ayollarning muassasadan tashqaridagi bolalar uylaridagi voyaga yetmagan bolalar
bilan uchrashuvlari mahkuma ayollarning iltimosiga ko‘ra amalga oshiriladi.
(130-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-iyundagi O‘RQ-625-sonli Qonuniga asosan ikkinchi ― beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 03/20/625/1007-son) LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 298-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).