128-modda. Mahkumlarni tarbiya koloniyalarida qoldirish Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan mahkumlar, odatda,
yigirma bir yoshga to‘lgunga qadar, tarbiya koloniyalarida qoldiriladi.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 54-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). Mahkumlarni tarbiya koloniyalarida qoldirish muassasa boshlig‘ining prokuror tomonidan
tasdiqlangan qarori bilan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 55-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 129-modda. Mahkumlarni tarbiya koloniyalaridan jazoni ijro etish koloniyalariga o‘tkazish Oldingi tahrirga qarang. Mahkumlar yigirma bir yoshga to‘lganidan, salbiy tavsifga ega mahkumlar esa o‘n sakkiz
yoshga to‘lganidan keyin jazo o‘tashni davom ettirish uchun tarbiya koloniyasidan umumiy tartibli
koloniyaga o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 56-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). (129-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda) Oldingi tahrirga qarang. (129-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda) Jazo o‘tashni davom ettirish uchun mahkumlarni jazoni ijro etish koloniyasiga o‘tkazish
masalalari sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining
537-moddasida
nazarda tutilgan tartibda
hal etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 57-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).