124-modda. Tarbiya koloniyalarida jazoni o‘tash tartibi
Oldingi
tahrirga qarang.
Tarbiya koloniyalarida:
o‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan mahkumlar kattaroq yoshdagi mahkumlardan;
birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan
mahkumlar ilgari ozodlikdan
mahrum etish tariqasidagi jazoni o‘tagan mahkumlardan alohida saqlanadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
43
,
44-bandlari
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(124-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Tuzalish yo‘liga o‘tgan
mahkumlar ushbu Kodeksning
104-moddasida
nazarda
tutilgan
tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkaziladi.
(124-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
45-bandi
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Oldingi
tahrirga qarang.
(124-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son
Qonuniga
asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Dostları ilə paylaş: