Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Mahkumlarning uchrashuvlari



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110
25.04.1997 (1)

151-modda. Mahkumlarning uchrashuvlari 
Intizomiy qismda mahkumlar qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlar olish huquqiga ega. 
Mahkumlarning qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan qisqa muddatli uchrashuvi oyda bir 
marta to‘rt soatgacha bo‘lgan muddatda beriladi. Bunday uchrashuvlar ishdan va mashg‘ulotlardan 
bo‘sh vaqtda, maxsus jihozlangan xonada, intizomiy qism vakili kuzatuvi ostida o‘tkaziladi. 
Mahkumlarning yaqin qarindoshlari bilan uzoq muddatli uchrashuvlari yiliga uch marta uch 
sutkagacha bo‘lgan muddatda beriladi. Bunday uchrashuvlar intizomiy qismning maxsus jihozlangan 
binosida yoki qism komandirining ruxsati bilan intizomiy qism hududidan tashqarida o‘tkaziladi. 
Uzoq muddatli uchrashuv vaqtida mahkumlar ishdan va mashg‘ulotlardan ozod qilinadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni 
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi to‘g‘risida”gi nizomning 
34-
bandi

Mahkumning iltimosiga ko‘ra uchrashuv telefon orqali so‘zlashuv bilan almashtirilishi 
mumkin. 
Uchrashuvlar va telefon orqali so‘zlashuvlar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. 
152-modda. Mahkumlarning posilkalar, yo‘qlovlar, banderollar va pul jo‘natmalari 
olishi hamda yuborishi 
Intizomiy qismda mahkumlar har oyda bitta posilka yoki yo‘qlov va cheklanmagan 
miqdorda banderollar olish huquqiga ega. 
O‘z nomiga kelgan posilka, yo‘qlov va banderollarni mahkumlarning o‘zi intizomiy qism 
vakili nazorati ostida ochadi. Foydalanish taqiqlangan narsalar va buyumlar belgilangan tartibda olib 
qo‘yiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni 
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi to‘g‘risida”gi nizomning 
30
 
va 
31-bandlari
, “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro 
etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
IX bobi
 (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Mahkumlar nomiga kelgan pullar ularning shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazilib, bu haqda 
ularga xabar qilinadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni 
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi to‘g‘risida”gi nizomning 
32-
bandi

Mahkumlar posilka, yo‘qlov, banderollar va pul jo‘natmalarini cheklanmagan miqdorda 
yuborishlari mumkin. 
Posilka, yo‘qlov, banderollar va pul jo‘natmalarini olish hamda yuborish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin