29-BOB. JAZO IJROSINI TUGATISh 167-modda. Jazo ijrosini tugatish asoslari Quyidagilar jazo ijrosini tugatish uchun asos bo‘ladi:
mahkumning sud tayinlagan jazo muddatini o‘tab bo‘lishi;
ushbu Kodeksning
163-moddasida
nazarda tutilgan hollarda mahkumning jazoni o‘tashdan
muddatidan ilgari ozod qilinishi;
sud hukmining bekor bo‘lishi va ish yuritishning tugatilishi;
Oldingi tahrirga qarang. hukmning kassatsiya tartibida o‘zgartirilishi va jazoning shartli hukm bilan almashtirilishi;
(167-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ- 833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son) mahkumning vafoti.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 487-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 168-modda. Jazo ijrosini tugatish vaqti Oldingi tahrirga qarang. Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash,
ozodlikni cheklash, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi
mazkur jazo muddatiga qonunchilikka muvofiq kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlarni hisobga
olgan holda bu muddatning oxirgi kuni tugatiladi.
(168-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Agar jazo muddati dam olish yoki bayram kuni tugaydigan bo‘lsa, mahkum ushbu dam olish
yoki bayram kunidan bir kun oldin ozod qilinadi. Muddat oylar bilan hisoblangan taqdirda bu muddat
keyingi oyning tegishli kuni, agar mazkur oyda shunday kun bo‘lmasa — shu oyning oxirgi kuni
tugaydi.
Jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyati mahkumni muddatidan ilgari ozod
qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni ish kuni tugaguniga qadar olgan bo‘lsa, shu zahoti, ish kuni tugaganidan
keyin olgan bo‘lsa, ertasi kuni ertalab ijro etadi.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 488 — 490-bandlari (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013- y.).