(184-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ko‘chirish, shuningdek
ularni bir kasalxonadan ikkinchisiga o‘tkazish qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda davlat
hisobidan amalga oshiriladi.
(184-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
185-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarning huquq va majburiyatlari
Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida majburiy davolanayotgan bemorlar:
har kuni sayr qilish;
xatlar, posilka, yo‘qlov va banderollar, shuningdek pul jo‘natmalari olish va yuborish;
qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashish;
diniy rasm-rusumlarni ado etish;
oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish hamda ularni o‘z yonida saqlash;
kasalxona kutubxonasidan foydalanish huquqiga ega.
Bemorlar advokat xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Davolash samaradorligini va kasallar yoki boshqa shaxslar xavfsizligini ta’minlash
maqsadida qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda bemorlarning huquqlari cheklanishi
mumkin.
(185-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bemorlar tayinlangan muolajani qabul qilishi va ichki tartib qoidalariga rioya etishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuni 9-moddasining
uchinchi qismi
.
Dostları ilə paylaş: