majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va davolanish ruhiy
holati buzilgan shaxsning
yashash joyi bo‘yicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida)
amalga oshiriladi;
ruhiy holati buzilgan shaxsni jamiyatdan batamom ajratib majburiy davolash, uning ruhiy
holatiga qarab, umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan bo‘limida yoki
umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya bo‘limida yoxud kuzatuv
kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida amalga oshiriladi.
(181-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
182-modda. Jazo bilan birga tayinlangan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini
qo‘llash tartibi
(182-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo‘liqqan mahkumlarga nisbatan tibbiy
yo‘sindagi majburlov choralari quyidagi tartibda qo‘llaniladi:
jamiyatdan batamom ajratib qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lmagan
jazolarga hukm qilingan
shaxslarga — sog‘liqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda;
Oldingi
tahrirga qarang.
ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga — jazoni o‘tash
joyida, ozod etilganlaridan so‘ng davolashni davom ettirish zarurati bo‘lganda esa — sog‘liqni
saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda.
(182-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-
421-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
96-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi 1993-yil 1-maydagi 195-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Surunkali alkogolizm yoki
giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-
profilaktika muassasalari to‘g‘risida”gi
nizom
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan mahkumlarga nisbatan tibbiy
yo‘sindagi majburlov choralari quyidagilarga nisbatan qo‘llaniladi:
jamiyatdan batamom ajratib qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo choralariga hukm qilingan
shaxslarga nisbatan — sog‘liqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari
tomonidan;
ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — jazoni
o‘tash joyida, ozod etilganidan keyin davolashni davom ettirish zarur bo‘lganda esa, sog‘liqni saqlash
organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda.
(182-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuniga
asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y.,
03/19/567/3737-son)
Dostları ilə paylaş: