Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Bemor qochib ketgan yoki vafot etgan taqdirda shifoxona



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
25.04.1997 (1)

188-modda. Bemor qochib ketgan yoki vafot etgan taqdirda shifoxona 
ma’muriyatining harakati 
Majburiy davolanishda bo‘lgan bemor qochib ketgan taqdirda ruhiy kasalliklar shifoxonasi 
ma’muriyati zudlik bilan uni qidirib topish choralarini ko‘rishi hamda bu haqda shifoxona joylashgan 
erdagi va bemor, uning qarindoshlari yoki vasiylari yashaydigan joydagi prokurorni, ichki ishlar 
organlarini, psixonevrologiya dispanserini, shuningdek majburiy davolash chorasini tayinlagan sudni 
xabardor qilishi shart. 
Majburiy davolanishda bo‘lgan bemor vafot etganligi to‘g‘risida ruhiy kasalliklar 
shifoxonasi ma’muriyati uning qarindoshlari yoki vasiylarini, prokuror va sudni, shuningdek bemor 
yashagan joydagi psixonevrologiya dispanserini xabardor qiladi. 
Vafot etgan bemor jasadini berish shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni 
saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. 
189-modda. Bemorni ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarish to‘g‘risida xabar 
Bemorni shifoxonadan chiqarishdan o‘n kun oldin ruhiy kasalliklar shifoxonasi ma’muriyati 
bu haqda uning yashash joyidagi ichki ishlar organlariga, shuningdek uning qarindoshlari yoki 
vasiylariga xabar qiladi. 
Majburiy davolanish sud tomonidan bekor qilinganidan keyin o‘n sutka ichida davolash 
muassasasi ma’muriyati bemorning yashash joyidagi psixonevrologiya dispanseriga ambulatoriya 
kartasidan ko‘chirma yuboradi hamda uning qarindoshlari yoki vasiylarini, shuningdek bemorning 
yashash joyidagi ichki ishlar organlarini voqeadan xabardor qiladi. 
190-modda. Bemorlarni ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarish tartibi 
Bemorlarni ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarish tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarilgan shaxslarga davolanishda bo‘lgan vaqti 
to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi. 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin